-
Yaxshi Narxlar
-
Kafolat
-
Sertifikatlash
Ansor Safety
Mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi talablariga muvofiqligini baholash
KORXONA HAQIDA
“Ansor Safety” MCHJ
«ANSOR SAFETY» MChJ mahsulotlarning muvofiqligini baholash, sertifikatlashtirish va sinovdan o'tkazish sohasida faoliyat yuritadi. Korxonaning asosiy yo'nalishi tasdiqlangan akkreditatsiya sohasida avtomobillar va mashinasozlik mahsulotlarini sinovdan o'tkazish va sertifikatlashtirish ishlarini o'z ichiga oladi. «ANSOR SAFETY» MChJ O'zbekiston Respublikasida 2023-yil 12-iyunda 2191874 ro'yxatga olish raqami ostida ro'yxatdan o'tgan. «ANSOR SAFETY» MChJ quyidagi bo'limlardan iborat: • Mahsulotni sertifikatlashtirish organi; • Sinov laboratoriyasi. Ushbu bo'limlarning faoliyati tegishli xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq va tasdiqlangan akkreditatsiya sohasi bo‘yicha amalga oshiriladi. «ANSOR SAFETY» MChJ o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki sinov o‘tkazishga talabgorlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Muvofiqlikni baholash ishlarining narhnomasi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Mahsulotni sertifikatlashtirish organi «ANSOR SAFETY» MChJ Mahsulotni sertifikatlashtirish organi O'z DSt ISO/IEC 17065:2015 talablariga muvofiq mahsulotlarning muvofiqligini baholash va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish organi "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" DM tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va Milliy akkreditatsiya reestrida O‘ZAK.MS.0118 raqami ostida 2025-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan. Asosiy faoliyat Tasdiqlangan akkreditatsiya sohasida sertifikatlashtirish organi quyidagilarning muvofiqligini baholashni amalga oshiradi: • pnevmatik shinalar; • rezina naychalar; • avtomobil domkratlari; • nogironlar aravachalari; • elektr nogironlar aravachalari va skuterlar; • avtotransport vositalari; • avtobuslar va mikroavtobuslar; • amaldagi akkreditatsiya sohasi bilan qamrab olingan boshqa mahsulotlar. Akkreditatsiya sohasi tegishli sertifikatlashtirish sxemalarini, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 318-sonli qaroriga muvofiq 3, 4, 7 va 8 sxemalarini hamda Vazirlar Mahkamasining 502-sonli qaroriga muvofiq 3C, 4C sxemalarini o‘z ichiga oladi. Sertifikatlashtirish organining to‘liq akkreditatsiya sohasi "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" DM rasmiy veb-saytda ko‘rib chiqish uchun mavjud.
SINOV LABORATORIYALARI MAJMUASI
Sinov laboratoriyalari majmuasi xalqaro standartlar talabi asosida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Laboratoriyada zamonaviy sinov uskunalar va texnologiyalar yordamida avtotransport va mashinasozlik mahsulotlarini xavfsizlik, samaradorlik, iqlim sharoitlariga va ekologik me'yorlarga mosligini sinovlardan o'tkaziladi. Tajribali mutaxassislar jamoamiz har bir sinovni aniq va ishonchli, shuningdek, natijalarni batafsil tahlil qilib, mijozlarimizga to'liq xulosa taqdim etadi.
ASOSIY MAQSADIMIZ
Sinov laboratoriyasida zarur va yetarli sharoitlarni yaratish va ta'minlash. Sinov ob'ektlari to'g'risida ishonchli, ob'ektiv asoslangan ma'lumotlarning o'z vaqtida olinishini ta'minlash. Sinov laboratoriyasi sinov sohasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda:
Sertifikatlash
Tekshirish
Arbitraj
Bizning xizmatlarimiz
"Ansor Safety" MChJ sizga quyidagi xizmat turlarini taklif etadi
Laboratoriya sinovlari orqali avtotransport va mashinasozlik mahsulotlarining muvofiqligini tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish korxonalariga mahsulot sifati bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish
Gallery
Biz bilan bog'lanish
Bizga qo'ng'iroq qiling! Sizning savolingiz, fikringiz yoki proyekt bo'lsa, bizning jamoamiz sizga yordam berish uchun tayyor. Bizning jamoa ko'p yillik tajriba ega, va sizga yordam bera olamiz.
-
Manzil:
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Uchtepa tumani, 23-daha, Tinchlikobod MFY, 37-«A» uy.
-
Telefon raqam:
+998 (55) 511 49 79 -
E-mail:
ansorqs@gmail.com
